Aliment to‘lovlari jamg‘armasi haqida eshitganmisiz?

Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-87-son Farmon bilan “Aliment to‘lovlari” jamg‘armasi tashkil etilgan.

Aliment to‘lovlari jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga asosan aliment qarzdorligi jamg‘arma hisobidan undirilishi tartibi quyidagicha:

  1. Voyaga etmagan farzandlariga ikki oydan ortiq muddat mobaynida alimentni to‘lamagan qarzdor (aliment to‘lashi lozim bo‘lgan shaxs) MJtKning 474-moddasi bilan maʻmuriy javobgarlikka tortiladi.
  2. Qarzdorga qo‘llanilgan maʻmuriy jazo ijro qilingan kundan (agar ijro qilinmagan bo‘lsa, ijro etish muddati tugagan kundan) boshlab bir yil davomida qaytadan aliment ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lanmasa, qarzdor Jinoyat Kodeksining 122-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi.
    Chiqarilgan hukmda zarar sifatida to‘lanmagan aliment summasi ko‘rsatiladi.
  3. Voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan qarzdordan jinoyat ishlari bo‘yicha suddan kelib tushgan aliment to‘lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni ushbu jinoyat natijasida yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan undirish choralari ko‘riladi.

Qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha choralar natijasiz bo‘lgan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan aliment to‘lovlarini qoplab berish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi hamda ikki ish kunidan kechiktirilmagan holda to‘lovlarni amalga oshirish uchun tizim orqali Jamg‘armaga yuboriladi.

Aliment to‘lovlarini qoplab berish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • aliment undirish to‘g‘risidagi va jinoyat ishlari bo‘yicha sudning ijro hujjati bo‘yicha yuritilgan ijro ishi raqamlari;
  • aliment to‘lovlari qoplab berilishi lozim bo‘lgan jami mablag‘lar summasi;
  • aliment to‘lovlari qoplab berilishi lozim bo‘lgan davr;
  • undiruvchining bank rekvizitlari.

Aliment to‘lovlarini qoplab berish Jamg‘arma tomonidan aliment to‘lovlarini qoplab berish to‘g‘risidagi qaror olingan kundan boshlab ikki ish kunidan kechiktirilmagan holda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Eʻtibor bering, to‘lanmagan alimentning barcha summasi emas, sud hukmi asosida zarar sifatida ko‘rsatilgan qismi Jamg‘arma hisobidan qoplanadi.

Agar qarzdor jinoiy javobgarlikka tortilgandan keyin ham sudlanganlik holati tugallanmasdan turib, alimentni qaytadan ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamasa, u JK 122-moddasi 2-qismi bilan javobgarlikka tortilishi (yaʻni oldindan maʻmuriy javobgarlikka tortmasdan turib), shu sud hukmida zarar sifatida ko‘rsatilgan aliment summasi ham Jamg‘arma hisobidan undirilishi mumkin.

Nikohdan ajralish qanchaga tushadi?

14 yoshga to‘lgan bola  otasidan ham onasidan ham aliment undirishni talab qila oladi

Koreyadagi shaxsdan aliment undirsa bo‘ladimi?

Bolaning asrab olinganligini aytsam javobgarlikka tortilamanmi?

Shariy nikohdagi xotin umumiy mol-mulkdan hech narsa ololmaydimi?