Plastik kartalarining turlari haqida bilasizmi?

Bugunga kelib bank plastik kartasidan foydalanmaydigan odamlarni anchagina kam uchratish mumkin. Stipendiyadan tortib pensiya va nafaqalargacha plastik kartalar orqali to‘lanadi. Xatto aliment to‘lovlari ham bank plastik kartalariga tushirib beriladi.

Pulni naqdsiz shaklda plastikda olib yurish anchagina qulay va foydali xususiyatlari bor.

Biz foydalanadigan bank plastik kartalarining bir necha turlari bor. O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra karta hisobvarag‘ining subyektlariga ko‘ra:

  • shaxsiy bank kartasio‘z saqlovchisiga jismoniy shaxsning (yakka tartibdagi tadbirkordan tashqari) karta hisobvarag‘ida (karta hisobvaraqlarida)gi pul mablag‘larini boshqarish imkoniyatini beradi. Shaxsiy bank kartalari bank kartasi saqlovchisining ruxsati bilan boshqa shaxslar (oila a’zolari va boshqalar) tomonidan foydalanilishi mumkin;
  • korporativ bank kartasio‘z saqlovchisiga, ya’ni yuridik shaxsning vakolatiga ega xodimi yoki yakka tartibdagi tadbirkorga karta hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini boshqarish imkoniyatini beradi.

Bank kartalari amal qilish tartibiga ko‘ra:

  • debet bank kartasio‘z saqlovchisiga u va bank kartasi emitenti o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga binoan tegishli karta hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari qoldig‘i doirasida to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish va (yoki) naqd pul mablag‘larini olish uchun (korporativ bank kartasi bundan mustasno) tasarruf etish imkonini beradi;
  • kredit bank kartasio‘z saqlovchisiga u va bank kartasi emitenti o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga binoan to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish va (yoki) naqd pul mablag‘larini olish uchun (bundan korporativ bank kartasi mustasno) tegishli karta hisobvarag‘idagi pul mablag‘lari qoldig‘idan ortiq operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Ikki va undan ortiq to‘lov tizimlarida ishlaydigan va ularning logotiplarini o‘zida aks ettirgan bank kartalari kobeydjing kartalari deb hisoblanadi.

Ikki va undan ortiq tovar belgisi ostida emissiya qilingan bank kartalari kobrend bank kartalari deb hisoblanadi.

Smart kontraktlar

Oʻzgartirish mulk huquqining vujudga kelishining asosi sifatida

Faktoring. U nima? Qanday ishlaydi?

Kontrfakt tovarlar boʻyicha huquqiy himoya nimalardan iborat

Fuqarolik huquqida estoppel

Turdosh huquqlar

Mualliflik huquqi

Sanoat mulki obyektlari

Kondiksion daʼvo nima?

Eskrou agentning huquqiy maqomi