Albatta, bolalarning huquqlari konstitutsiyaviy darajada himoyalangan, jumladan, uning XIV bobi Oila, bolalar va yoshlarga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qarori qabul qilingan bo‘lib, “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya normalari qonunchiligmizga keng tadbiq etilgan.
Shunga ko‘ra, farzandlikka olish sirini oshkor qilish to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoyat hisoblanib, Jinoyat kodeksining 125-moddasiga muvofiq, farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi, yetim yoki ota-ona g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olishning qonun bilan qo‘riqlanadigan sirini oshkor qilish —
- bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima;
- yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish:
a) kasb faoliyati yoki xizmat mavqeyiga ko‘ra farzandlikka olishni sir saqlashi shart bo‘lgan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
b) g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda sodir etilgan bo‘lsa;
v) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa:
- bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima;
- yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.