Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Vazirlar Mahkamasining 24.07.2021-yildagi 460-son Qaroriga asosan, 2025-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qoplab berilishi belgilangan.

Buning uchun quyidagilar talab qilinadi:

  • ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi so‘ralayotgan hisobot oyida yosh xodim 25 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan hamda ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (elektron qayd) mavjudligi,

Ish beruvchining arizasini ushbu bandda nazarda tutilgan talablardan boshqa asoslarga ko‘ra rad etish taqiqlanadi.

*Eslatma: Ushbu qoida budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

FHSHni mehnat shartnomasi deb topish asoslari

Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nimalar kiradi?

Noqonuniy ishdan bo’shatishning huquqiy oqibatlari

Ogohlantirish muddati

Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qanday imtiyozlar berilgan?

Xodimning diplomi soxta bo‘lib chiqsa uni boshqa ishga o‘tkazishga majburmizmi?

Mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomaning o‘zaro nisbati