Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasi bilan tartibga solinadi.

Ushbu moddada aynan qaysi huquqbuzarliklar uchun avtotransport vositasi jarima maydoniga joylashtirilishi hamda tegishlilik bo‘yicha qaysi organ shug‘ullanishi batafsil belgilab o‘tilgan.

Quyidagi jadvalda transport vositalarini ushlab turish (ya’ni jarima maydonchasida saqlash) asoslari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Jarima maydonchasida saqlash asoslari
 1Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilganda;  
 2Tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi bo‘lgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarilganda;  
 3Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish;  
 4Davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarish;  
 5Tegishli ruxsatnomasiz og‘ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish va yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o‘lchamlari, shuningdek umumiy haqiqiy vazni, o‘qqa tushuvchi og‘irligi belgilangan normalardan ortiq bo‘lgan transport vositalarida yo‘lga chiqish, xuddi shuningdek ruxsatnomada ko‘rsatilgan harakat yo‘nalishidan chetga chiqish;  
 6Ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish;  
 7Tegishli ruxsat olmay turib transport vositalariga tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek davlat raqam belgilarini ko‘rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to‘sqinlik qiladigan turli ashyolar o‘rnatish va qoplama surtish;  
 8To‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi, agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa;  
 9Transport vositalarini mast holda boshqarish;  
 10 Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi (fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi, haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati yonida mavjud bo‘lmaganligi hollari bundan mustasno);  
 11Transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi va xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;  
 12Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish;  
 13Ichki ishlar organi xodimining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaslik;  
 14Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tish;  
 15O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish;  
 16Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tish;  
 17O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona qoidalarini buzgan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish;  

Shuningdek, Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima to‘lanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish to‘g‘risida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan jarima solish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi.

Reydlarda haydovchining qanday huquqlari bor?

Qanday hollarda ichki ishlar organlari xodimlari shaxsni ushlab turish uchun(idoraga) olib ketishlari mumkin?

Endilikda “prava” olish uchun birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasi yuzasidan amaliy imtihondan o‘tishga to‘g‘ri keladi

Endi multiradar orqali kelgan jarimalar bekor qilinmaydi

Alkotesterdan o‘tishdan bosh tortish mumkin