Kasbiy sertifikat uchun qayta imtihon topshirish mumkinmi?

Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy Reglamentining 14-bandiga ko‘ra nazorat sinovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tib, nazorat sinovida uzrli sabablarga, xususan:

  • vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi;
  • davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan;
  • respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi;
  • vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda bo‘lib turganligi;
  • yaqin qarindoshi vafot etgan;
  • vakolatli davlat organi yoki ta’lim tashkilotlari rahbarlarining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra ishtirok etmagan talabgor nazorat sinovidan o‘tmagan hisoblanadi hamda nazorat sinovida ishtirok etish uchun qaytadan ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi.

Demak, stajor o‘qituvchining nazorat sinovida ishtirok etmaslik sababi uzrli bo‘lsa, unda qayta ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.

Bunda uzrli sabablarga ko‘ra nazorat sinovida ishtirok etmagan talabgordan navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun takroran to‘lov undirilmaydi.

Mazkur holatda talabgor nazorat sinovi o‘tkaziladigan sanadan boshlab 5 ish kuni davomida davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali Vazirlikka murojaat etishi lozim.

Yakka tartibda oʻtiladigan darslar uchun qoʻshimcha toʻlov beriladimi?

Yakka tartibda dars oʻtganlik uchun soatbay haq toʻlanadimi?

Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

Direktor va o‘rinbosarlar dars berishga haqlimi?

Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?

Dekretdan qaytgan o‘qituvchi kamroq dars oladimi?

Ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi, agar ular…

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablar rag‘batlantiriladi

Maktabgacha ta’lim xodimlari bazaviy tarif stavkalari miqdorlari qancha?