Faol fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun kompensatsiya to‘lanadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  23.02.2021-yildagi 99-son Qaroriga asosan, 2021-yil 1-martdan boshlab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish tariqasida ularga kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida har oyda kompensatsiya pul to‘lovlarini to‘lab beriladi.

Faol fuqarolarning quyidagi asosiy ko‘rsatgichlar orqali baholanadi:

  • aholining talabidan kelib chiqib, o‘zlariga biriktirilgan ko‘chalar va ko‘p kvartirali uylar atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, joriy va to‘liq ta’mirlash hamda bolalar maydonchalarini tashkil etish va jihozlashga doir chora-tadbirlar rejalari loyihalariga kiritgan takliflari soni;
  • aholining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini o‘z vaqtida aniqlab, ularning yashash turmush tarzini yaxshilash maqsadida “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilishi, ularga moddiy yordam ko‘rsatilishi va kelgusida mazkur daftarlardan chiqarilishi bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga kiritilgan aniq takliflar soni;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalarni, boquvchisini yo‘qotgan oilalarni, notinch va muammoli oilalarni, qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan kambag‘al oilalarni, pensionerlarni va nogironlarni o‘rganish va moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularga homiylik yordamlarini ko‘rsatish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga kiritilgan takliflar soni;
  • aholining issiqlik va elektr energiyasidan, tabiiy gazdan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanishlarini targ‘ib qilishda, shuningdek, tegishli hududni namunali saqlashda shaxsiy tashabbus ko‘rsatganligi;
  • o‘ziga biriktirilgan hududda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishida namuna ko‘rsatganligi va ularni tartibga solish masalalari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga kiritgan takliflari soni;
  • aholi tinchligi va xotirjamligiga xavf tug‘diruvchi holatlarni bartaraf etish maqsadida fuqarolar yig‘iniga yoki mutasaddi organlarga xabar berishi natijasida oldi olingan huquqbuzarliklar soni;
  • o‘ziga biriktirilgan hududda fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) qarorlari bo‘yicha amalga oshirilgan targ‘ibot ishlari soni.

Pensiyada ham chegirmalar mavjudmi?

Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud

Agar kupelarda kondisioner ishlamasa, chiptalar uchun to‘langan pullar chegirib qolinadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunar o‘rgangan taqdirda ularga stipendiyalar beriladi.