Hozirgi kunda mamlakatimizda zamon talabi bilan avtomobillar ko‘paydi. Uning natijasida davlat tomonidan o‘rnatilgan me’yorlar va talablar buzilishi tabiiydir. Hozirda juda ko‘plab nizolar tezlikni oshirganlik va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlaydigan ko‘chma radar hamda mobil kompleks (multi radar)lardan tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan jarimalar bilan bog‘liq bo‘lmoqda.
Xo‘sh, YPX xodimi yuqoridagi qurilmalar yordamida aniqlangan huquqbuzarliklarni qanday rasmiylashtirish kerak?
Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomning 31-32-bandiga ko‘ra quyidagi talablar mavjud:
- Moslamalarning ko‘rsatkichi (tezlikni oshirganlik fakti) bilan haydovchini tanishtirishi;
- Haydovchining talabi bilan moslamaning sertifikatini (nusxasi) ko‘rsatishi; (sertifikati bo‘lishi lozim)
- Huquqbuzarlik Patrul avtomobilida aniqlanganligi;
- Belgilangan dislokatsiyada belgilangan joyda o‘rnatilganligi.
Yuqoridagi qonun normalariga rioya qilmay rasmiylashtirilgan jarimalarni sud orqali bekor qilish imkoningiz bor, to‘lashga shoshilmang!