O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.07.2024-yildagi PQ-266-sonli Qaroriga asosan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz hrakatlanishini ta’minlash, ularga qulay va to‘siqlarsiz muhitni yaratish maqsadida bir nechta muhim chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.
Jumladan, 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab:
Rekonstruksiya qilinadigan va ta’mirlanadigan shaharsozlik faoliyati obektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi nogironligi bo‘lgan shaxslarga sharoitlar yaratish bo‘yicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi;
Har yili “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi mablag‘larining kamida 10 foizi chorrahalarda nogironligi bo‘gan shaxslar (piyodalar) uchun xavfsiz va to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlariga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-yanvardan belgilangan faoliyat turlari bo‘yicha lisenziya berishda obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqlarsiz muhit yaratilganligi bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasini olish talab qilinadi.
Shuningdek, hududlardagi hokimliklar zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanmoqda:
Har yili 1-noyabrgacha keyingi yil uchun o‘zining hududidagi kamida bittadan ko‘chani nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish loyihasini ishlab chiqadi hamda uning qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshiradi;
2024-yil 1-dekabrgacha nogironligi bo‘lgan shaxslarning qulay va to‘siqlarsiz harakatlanishlari uchun shaharsozlik norma va qoidalari talablari asosida belgilangan ro‘yxatga muvofiq ko‘chalarni moslashtiradi.
Shu bilan birga:
- 2024-yil 1-oktyabrdan Toshkent shahri va xalqaro avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini;
- 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlararo, shahar atrofi, tumanlararo (shaharlararo) avtobusda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhitni ta’minlovchi uskunalar bilan jihozlangan avtobuslarga ega bo‘lgan tashabbuskorlar ishtirok etadi.
Eng muhimi, 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab: