Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash toʻgʻrisida

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 1 avgustdagi 238-sonli buyrug‘iga 12-ilova

Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) rahbar va xodimlarining asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari

Talablar nomiLavozim nomi va unga qo‘yiladigan malaka tavsiflari
Direktor lavozimining malaka tavsiflari
MaʼlumotKamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va menejerlik sertifikati (ilmiy darajaga ega boʻlgan nomzodlarga afzallik beriladi)
Mehnat stajiTa’lim sohasida kamida 5 yillik pedagogik staj
          Qoʻshimcha talablarMaktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi; xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilish; davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish ustuvorlik beradi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasiga muvofiq qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar ta’lim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimining malaka tavsiflari
Ma’lumotOliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi)
MutaxassislikPedagogika yo‘nalishi
Mehnat stajiKamida 4 yildan kam bo‘lmagan pedagogik staj.
  Kompyuter savodxonligiMicrosoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi
      Qo‘shimcha talablarMaktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi; Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi). Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasiga muvofiq qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar ta’lim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimining malaka tavsiflari
Ma’lumotOliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi)
MutaxassislikPedagogika yo‘nalishi
Mehnat stajiKamida 4 yildan kam bo‘lmagan pedagogik staj.
  Kompyuter savodxonligiMicrosoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi
      Qo‘shimcha talablarMaktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi; Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi). Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasiga muvofiq qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar ta’lim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) direktorining Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boʻyicha oʻrinbosari – Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari lavozimining malaka tavsiflari
Ma’lumotOliy bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi)
        MutaxassislikChaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari va fani o‘qituvchisi lavozimiga 60 yoshdan oshmagan oliy ta’lim muassasalarining harbiy ta’lim fakultetlarini tamomlagan va zaxiradagi (rezervdagi) ofitser unvoniga ega bo‘lgan pedagoglar, shuningdek, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan tajribali ofitserlar va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan serjantlar tayinlanadi, harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi xatti- harakatlar sodir etganligi natijasida harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar bundan mustasno. (O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarori)
Mehnat stajiMehnat staji talab etilmaydi.
  Kompyuter savodxonligiMicrosoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi.
      Qo‘shimcha talablarMaktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi; Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi). Chaqiruvga  qadar  boshlang‘ich  tayyorgarlik  rahbari  va  fani o‘qituvchisi tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi tavsiyasiga ko‘ra ta’lim muassasasi direktori tomonidan ishga qabul qilinadi va ishdan bo‘shatiladi, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralar tizimidagi ta’lim muassasalari bundan mustasno. Ishga qabul qilinayotgan nomzodning ma’lumoti, harbiy, jismoniy va pedagogik tayyorgarligining saviyasi, shuningdek, tashkilotchilik qobiliyati hamda uslubiy ko‘nikmalari puxta shakllanganligi hisobga olinadi. Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasiga muvofiq qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar ta’lim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablari (maktab-internati) o‘qituvchisi lavozimining malaka tavsiflari
Ma’lumotOliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi)
              Mutaxassislik a) boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun – boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi bo‘yicha dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligi;
b) fan o‘qituvchisi uchun – fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va fan yo‘nalishiga to‘g‘ri keluvchi dars berish huquqi bilan kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganligi yoxud fan yo‘nalishiga (xususiyatiga) to‘g‘ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va pedagogik faoliyat yuritish huquqi bilan qayta tayyorlov kursini tugatganligi;
v) ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlarning ixtisoslashtirilgan fan o‘qituvchisi uchun – kamida birinchi malaka toifasiga ega bo‘lishi; Mutaxassislik (oliy pedagogik ma’lumotga egalik afzallik beradi)
Mehnat stajiMehnat staji talab etilmaydi
  Kompyuter savodxonligiMicrosoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi
          Qo‘shimcha talablarMaktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi;
Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi). (2025/2026-oʻquv yilidan boshlab xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar kamida B2 darajadagi yoki xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi shart)
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq:
qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;
qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lgan shaxslar;
psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish mumkin emas.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablari (maktab-internati) Stajor-o‘qituvchi lavozimining malaka tavsiflari
Ma’lumotOliy va tugallanmagan toʻliqsiz oliy pedagog yo‘nalish (3 va undan yuqori kursda oʻqiydigan talabalar)
MutaxassislikPedagogika yoʻnalishi
Mehnat stajiMehnat staji talab etilmaydi
  Kompyuter savodxonligiMicrosoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi
                    Qo‘shimcha talablarMaktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi; Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi). (2023/2024-oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga ishga kirayotgan xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar til bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi shart) Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq: qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar; qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lgan shaxslar; psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish mumkin emas.
Kasbiy ta’lim ustasining malaka tavsiflari
    Ma’lumotOliy bakalavr, tikuvchilik va duradgorlik kasblari bo‘yicha oliy ma’lumotli texnoligiya o‘qituvchisi; O‘rta maxsus, “Ishga marhamat” Monomarkazi, kollej va texnikumda tashkil   etilgan   qisqa   muddatli   kurs   sertifikatiga,             hunarmand uyushmasi        a’zolik             guvohnomasi,                    axborot             texnologiyalariga                oid
 kasblar bo‘yicha IT mutaxassislik sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
MutaxassislikUmumiy  o‘rta  ta’lim  tashkilotida  o‘qitilish  belgilangan  kasblar bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis
Mehnat stajiMazkur kasb bo‘yicha kamida 1 yillik mehnat staji.
Kompyuter savodxonligiZamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi.
                        Qo‘shimcha talablarKasbiy malaka talablar (bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya)ga egalik; Davlat tili hamda maktabda o‘qitiladigan ta’lim tilini bilish; Pedagoglarga xos muomala madaniyati va odob-axloqqa ega bo‘lishi; Kasbi bo‘yicha zamonaviy yangiliklardan habardorlik; O‘rgatadigan kasbi bo‘yicha mustaqil maxsulot yarata oladigan kompetensiyaga egalik; Texnika xavfsizlik qoidalaridan to‘liq habardorlik; Internetdan foydalangan holda kasb bo‘yicha yangiliklarni topish, tahlil qilish, o‘quvchilarga yetkazib berish ko‘nikmasiga egalik; Jamoada ishlash ko‘nikmasiga egalik; Hissiyotlarni boshqara olish. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasiga muvofiq: qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar; qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lgan shaxslar; psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish mumkin emas.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) direktorining Xo‘jalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari (xoʻjalik mudiri)ning malaka tavsiflari
Ma’lumotKamida o‘rta maxsus ma’lumot yoki oliy bakalavr diplomiga ega bo‘lishi lozim
MutaxassislikMutaxassislik talab etilmaydi (oliy moliya-iqtisod va qurulish sohasidagi ma’lumotga egalik afzallik beradi)
Mehnat stajiKamida 2 yil
  Kompyuter savodxonligiMicrosoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi
    Qo‘shimcha talablarMaktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi; Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi). Moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkillashtirish, bino va  qo‘shimcha  ob’ektlarning  texnik  holati  va  jihozlanganligini muntazam ravishda o‘rganib borish; kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida tegishliligicha ko‘mir, suyuq yoqilg‘i, tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash va ma’lumotlarni hududiy ta’lim boshqaruvi organlariga taqdim etish hamda qabul qilingan yoqilg‘ilarning sifati va saqlanishini ta’minlash; kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilish; “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) binosining texnik holatini, uning hududi, xonalar soni va   o‘lchamlarini, ta’lim muassasasi binosiga qo‘yiladigan texnik talablarni; Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasiga muvofiq qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar ta’lim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) Psixolog lavozimining malakaviy tavsiflari
  Ma’lumotkamida bakalavr darajasidagi psixologik yoki oliy ma’lumot va unga qo‘shimcha psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlov kursini tugatganlik; (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi)
MutaxassislikPsixologiya, Pedagogika-psixologiya yo‘nalishi
Mehnat stajiMehnat staji talab etilmaydi
  Kompyuter savodxonligiMicrosoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi
  Qo‘shimcha talablarMaktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi; Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi).
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) О‘qituvchi-logoped lavozimining malaka tavsiflari
Ma’lumotOliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi)
  MutaxassislikKamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotli defektolog (logoped) yoki oliy ma’lumot va unga qo‘shimcha defektologiya (logopediya) yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlov kursini tugatganligi;
Mehnat stajiMehnat staji talab etilmaydi.
  Kompyuter savodxonligiMicrosoft Office dasturi    (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi
Qo‘shimcha talablarMaktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlimstandartlaridan xabardor boʻlishi; Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi). amaldagi umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni;maxsus va yoshlar pedagogikasi hamda psixologiyasini; v) defektologiyaning anatomik-fiziologik va klinik asoslarini; g) o‘quvchilarning  rivojlanishidagi  muammolarini  oldini  olish va tuzatishning metodlari hamda usullarini, ular bilan ishlashda qo‘llaniladigan dasturiy-metodik adabiyotlarni; d) nutqida nuqsoni bor bolalarni aniqlash, hisobga olish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ochilga logopediya shoxobchalari bilan hamkorlikda ishlash choralarini koʻra bilish qobiliyatga ega boʻlishi lozim. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasiga muvofiq qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar ta’lim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) Kutubxona mudiri, Kutubxonachi lavozimining malaka tavsiflari
Ma’lumotKamida o‘rta maxsus ma’lumot yoki oliy bakalavr diplomiga ega bo‘lishi
MutaxassislikMutaxassislik talab etilmaydi
Mehnat stajiMehnat staji talab etilmaydi
  Kompyuter savodxonligiMicrosoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi
  Qo‘shimcha talablarMaktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi; Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi).
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) Laboranti lavozimining malaka tavsiflari
Ma’lumotKamida o‘rta maxsus ma’lumot yoki oliy bakalavr diplomiga ega bo‘lishi
MutaxassislikMutaxassislik talab etilmaydi
Mehnat stajiMehnat staji talab etilmaydi
Kompyuter savodxonligiMicrosoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi
    Qo‘shimcha talablarMaktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi; Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi).
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) Tarjimon-kotiba lavozimining malaka tavsiflari
Ma’lumotKamida oʻrta maxsus ma’lumot yoki oliy bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi)
MutaxassislikMutaxassislik talab etilmaydi
Mehnat stajiMehnat staji talab etilmaydi
  Kompyuter savodxonligiMicrosoft Office dasturi    (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi
  Qo‘shimcha talablarMaktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi; Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi).
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) Kadrlar boʻyicha menejer lavozimining malaka tavsiflari
Ma’lumotKamida o‘rta maxsus ma’lumot yoki oliy bakalavr diplomiga ega bo‘lishi
MutaxassislikPedagog yoki huquq yoʻnalishlari ustunlik beradi
Mehnat stajiTalab etilmaydi
Kompyuter savodxonligiMicrosoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi
              Qo‘shimcha talablarMaktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi; Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi). davlatimizning xalq ta’limiga va mehnat munosabatlariga oid normativ-huquqiy hujjatlarini;kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish usullari, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini, jamoada qulay psixologik muhit yaratishni; v) pedagoglarning shaxsiy tarkibi bo‘yicha buyruqlarini tayyorlash va ularning belgilangan tartibda saqlanishini; g) faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha mahalliy hokimiyat organlari, ta’limni boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish usullarini;