Oʻzbekıston Respublıkası Maktabgacha va maktab taʼlımı vazırınıng 2024-yil 27-maydagi 168-son buyrug‘i |
“Tabiiy fan”, “Tarbiya”, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan dars beradigan pedagog kadrlarning malaka toifalarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 16-apreldagi 30/1-1782-sonli topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 16-apreldagi 30/1-1782-son topshirigʻi asosida:
- a) “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari boshlangʻich sinflarda “Tabiiy fan (Science)”, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari boʻyicha;
- “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” fanlari oʻqituvchilari 5-6-sinflarda “Tabiiy fan (Science)” fani boʻyicha;
- “Tarix”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq” mutaxassisligiga ega oʻqituvchilar 5-11-sinflarda “Tarbiya” fani boʻyicha dars oʻtishlariga ruxsat berilganligi;
- b) “Tabiiy fan (Science)”dan dars beradigan “Boshlangʻich taʼlim”, “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” fanlari oʻqituvchilariga amaldagi malaka toifasiga mos ravishda;
- 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanidan dars beradigan “Tarix”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq” mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga “Tarbiya” fanidan malaka toifasi boʻlmagan hollarda amaldagi malaka toifasiga mos ravishda haq toʻlanishi;
Bunda, “Tarbiya” fanidan dars oʻtish huquqiga ega boʻlgan oʻqituvchilarda bir vaqtning oʻzida “Tarbiya” hamda tegishli fanlardan malaka toifalari boʻlsa, bunda “Tarbiya” fanidan dars berganda faqatgina ushbu fan boʻyicha malaka toifasi tatbiq etiladi va mos ravishda haq toʻlanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan belgilangan, oliy malaka toifa (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaslik tartibi 2022-yil 2 avgustga qadar 15 yillik uzluksiz ish stajiga hamda oliy malaka toifaga ega (bunda oliy toifaga ega boʻlganlik davri muhim emas) boʻlgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandida keltirilgan talablarni ikkinchi xorijiy til pedagoglariga nisbatan tatbiq etilmasligi inobatga olinsin.
3. Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti (S.Raximboyev) 2024-yil 1-dekabrga qadar amlaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga topshiriqdan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 16-apreldagi 30/1/1782-son topshirigʻida keltirilgan bandlar ijrosini tegishli xodimlarga yetkazish va oʻz vaqtida toʻlovlarni amalga oshirish choralarini taʼminlasin.
5. Moliya-iqtisod departamenti (I.Siradjev) zarur hollarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan talabnomalariga muvofiq tegishli mablagʻlarni moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
6. Devonxona (D.Isxakova) oʻrnatilgan tartibda ushbu buyruqni tegishli tarkibiy boʻlinmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga yetkazsin.
7. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari S.Radjabov zimmasiga yuklansin.