O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.11.2023 yildagi 622-son Qaroriga asosan, Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizom turistlar uchun yaratilishi lozim bo‘lgan shart-sharoitlar ro‘yxatini belgilab berdi. Quyidagi o‘rinda ular bilan tanishib chiqiqshingiz mumkin:
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda yaratiladigan majburiy sharoitlar
RO‘YXATI
№ | Turlari | Yaratilishi majburiy bo’lgan shart-sharoitlar |
---|---|---|
1 | Tashrif buyuruvchilar (turistlar) uchun sanitariya-gigiyena qulayliklarini tashkil etish: | umumiy foydalanish uchun sanitariya-gigiyena uzeli, vanna yoki dush kabinasining mavjudligi; |
yashash va jamoat joylarida tabiiy va sun’iy (shu jumladan, fonarlar, shamlar va boshqa yoritish vositalaridan foydalanish hisobiga) yoritishning mavjudligi; | ||
suv ta’minotining mavjudligi (shu jumladan, suvni to‘plash uchun idishlar o‘rnatish yo‘li bilan). | ||
2 | Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) xavfsizligini ta’minlash: | o‘t o‘chirgichlar va tibbiyot dori qutisining mavjudligi; |
shoshilinch yordam xizmatlarini chaqirish imkoniyati. | ||
3 | Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) qulay va yaxshi yashashlari uchun quyidagi sharoitlarni tashkil qilish: | tutash hududning qulay va shinam bo‘lishi, oilaviy mehmon uyiga borish yo‘llari qattiq qoplamaga (shag‘alli, yog‘ochli) ega bo‘lishi; |
oilaviy mehmon uyining old tomonida “Oilaviy mehmon uyi”, “Semeyniy gostevoy dom” va “Family guesthouse” so‘zlarini o‘z ichiga olgan, oilaviy mehmon uyining o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi nomi ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar taxtasining (o‘lchami — eng kamida 60 sm x 80 sm) mavjud bo‘lishi. | ||
4 | Oilaviy mehmon uyiga kirishda o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilgan quyidagi ma’lumotlar taxtasining mavjud bo‘lishi: | Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar yagona reyestridan ko‘chirma nusxasi; |
shoshilinch xizmatlarning va Turizm qo‘mitasi Call-markazining telefon raqamlari; | ||
ko‘rsatiladigan xizmatlar preyskuranti; | ||
ro‘y berishi mumkin bo‘lgan tabiiy hodisalar, joylardagi xavf-xatarlar to‘g‘risida ma’lumot. | ||
5 | Umumiy foydalanish uchun mobil yoki statsionar telefon aloqasining mavjud bo‘lishi. | _____ |
6 | E-mehmon” — mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturiga ulangan bo‘lishi. | Bunda, Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanish imkoni mavjud bo‘lmagan hollarda, (turistlarni) eng yaqin joylashtirish vositalari yoki turizm-axborot markazlari orqali tegishli hududiy ichki ishlar organlariga murojaat etgan holda tashrif buyuruvchilarning ro‘yxatga olinishini ta’minlaydi. |
7 | Tashrif buyuruvchilarni (turistlarni) joylashtirish xonalarida karavotlar yoki matraslar, karavotlar (matraslar) soni bo‘yicha choyshab-jildlar majmuining mavjudligi. | ______ |