Mehnat shartnomasi ota-ona talabiga ko‘ra ham bekor qilinishi mumkin

Ma’lumki, Mehnat kodeksining 20-moddasiga binoan xodim bilan mehnat munosabatlari 16 yoshdan vujudga keladi. Boshqacha aytganda, umumiy holatda 16 yoshdan mehnat shartnomasi asosida ishlash mumkin. Faqat buning uchun ota-onaning birini (yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslarning) yozma roziligi talab qilinadi (MK ning 31-moddasi)

Mana shu rozilikni bergan insonlar farzandi ishlayotgan ish uning salomatligiga, hayotiga, xavfsizliga hamda ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazayotgan (yoki yetkazishi mumkin bo‘lsa) ushbu farzandning ota-nasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar hamda bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar ish beruvchidan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli.

Misol uchun, 16 yoshga to‘lgan jismonan baquvvat yigit tungi kulubga qorovul vazifasida, ota-onasining yozma roziligi asnosida ishga kirdi. Oradan biroz vaqt o‘tgandan so‘ng ota-onasi uning tarbiyasidagi o‘zgarishlarni payqay boshladi. Xuddi shu vaziyatda ular ish beruvchidan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli bo‘lishadi.

Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qanday imtiyozlar berilgan?