Sariqda harakatlanganlik uchun javobgarlik bormi ?

Yo‘l harakati qoidalarining 31-bandiga ko‘ra: 

  • yashil ishora harakatlanishga ruxsat beradi;
  • sariq ishora harakatlanishni taqiqlaydi;
  • qizil ishora, shuningdek, miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi.

Shunga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 1284-moddasiga ko‘ra svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yo‘lning qatnov qismidagi yo‘l chiziqlari yoki yo‘l belgilari bilan belgilangan to‘xtash chizig‘ini bosib kirish:

  • bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi esa:

  • bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Biroq Yo‘l harakati qoidalarining 42-bandiga asosan svetoforning yashil ishorasidan keyin sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining qo‘li yuqoriga ko‘tarilganda, Qoidalarning 41-bandida nazarda tutilgan joylarda keskin tormoz bermasdan to‘xtashga ulgura olmaydigan haydovchilarga harakatlanishni davom ettirishga ruxsat etiladi. 

Ya’ni agar siz chorrahada svetoforning yashil ishorasidan keyin sariq yonganda, keskin tormoz bermasdan to‘xtashga ulgura olmaydigan holatda o‘tgan bo‘lsangiz, siz qoidani buzmagan hisoblanasiz. Agar svetoforning qizil ishorasidan keyin sariq yonganda harakatlanishni boshlab, yashil ishora yonishidan avval chorrahaga kirgan bo‘lsangiz, buning uchun javobgarlik bor.

Izoh:

2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son Farmoniga ko‘ra BHM 340 000 so‘m etib belgilangan.

Reydlarda haydovchining qanday huquqlari bor?

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Endilikda “prava” olish uchun birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasi yuzasidan amaliy imtihondan o‘tishga to‘g‘ri keladi

Endi multiradar orqali kelgan jarimalar bekor qilinmaydi

Alkotesterdan o‘tishdan bosh tortish mumkin