Ba’zida o‘quvchini faqat yil ohirida sinfdan sinfga ko‘chirish mumkin, boshqa holatda bunga ruxsat berilmaydi, degan mazmundagi xabarlarni eshitish mumkin. Lekin bu noto‘g‘ri.
O‘quvchini yil o‘rtasida ham, yil ohirida ham sinfdan sinfga, maktabdan maktabga ko‘chirish mumkin.
Umumta’lim maktabi to‘g‘risidagi nizomning 49-bandiga ko‘ra ota-onalar farzandlarini o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan keyin bir sinfdan boshqa sinfga yoki bir umumta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish huquqiga ega.
O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami № 2684) 11-bandida ota-onalar o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng farzandini bir maktabdan boshqasiga o‘tkazish huquqiga egaligi belgilangan.
Bunda Nizom 15-bandiga asosan o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan maktab direktori ariza va maktabdan ketish talonini qabul qilib olgach, shu kunning o‘zida ota-onalarga o‘quvchi ta’lim olayotgan maktabga taqdim etish uchun ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda maktabga kelish talonini beradi.
Shunga ko‘ra, o‘qishni ko‘chirish yuqoridagi tartibga amalga oshiriladi.