Ayrim tadirkorlik subyektlariga foyda va aylanmadan olnadigan soliqlar uchun imtiyozlar bor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.02.2023-yildagi PQ-70-son Qaroriga asosan, kasanachilik bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlari uchun soliq yukini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berilgan.

Jumladan, 2023-yil 1-martdan 2026-yil 1-yanvarga qadar uch oydan ortiq muddatga o‘ttiz nafardan ziyod kasanachilarni belgilangan tartibda jalb qilgan va kasanachilik asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (ko‘rsatilgan xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari jami daromadining 60 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari:

foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilgan holda, biroq tadbirkorlik subyekti tomonidan kasanachilarga to‘langan ish haqi miqdorining 1,5 baravaridan oshmagan miqdorda hisoblanadi;

ayrim davlat mulklaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlari 50 foiz miqdorida belgilanadi;

davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda budjet buyurtmachilari tomonidan 50 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirilishi belgilanadi.

Qishloq xo’jaligida soliq to’g’risidagi qonunchilik talablari soddalashtirilmoqda

Ekoturizm tashkil qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozi qo‘llaniladi

2024-yil 1-iyuldan qanday soliq imtiyozlari bekor bo’ldi?

Maxsus iqtisodiy zonalarga investisiya kiritgan investorlarga soliq imtiyozlari beriladi

Naslchilik subyektlari uchun soliq imtiyozi mavjud