Xodimning diplomi soxta bo‘lib chiqsa uni boshqa ishga o‘tkazishga majburmizmi?

Xodimning ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilganligi, agar yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni bo‘lmasa va u ishni davom ettirishga to‘sqinlik qilsa Mehnat kodeksining 168-moddasi 1-qism 4-bandiga muvofiq taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra bekor qilinadi.

Endi qarang! MKning 144-moddasi 2-qismi mazmuniga ko‘ra esa 168-modda 1-qism 4-bandi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadigan bo‘lsa ish beruvchi xodimga uning mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan boshqa ishga o‘tkazishni, bunday ish bo‘lmagan taqdirda esa ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shart.

Bundan kelib chiqadiki, xodimni ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilganligi, agar yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni bo‘lmasa va u ishni davom ettirishga to‘sqinlik qilishi sababli mehnat shartnomasi bekor qilinsa ish beruvchi albatta boshqa ish taklif etishi kerak.

Biroq tanganing ikkinchi tarafi ham bor. Bu yerda ishga qabul qilish qoidasi xodim tomonidan qasddan buzilyapti, ya’ni, soxta hujjatlar orqali ishga joylashgan. Bunday holatda yuqoridagi majburiyat ish beruvchida yuzaga kelmaydi. Sababi MKning 144-moddasi dispozisiyasi bo‘yicha “mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasiga doir ishni xolisona sabablarga ko‘ra davom ettirish imkoni bo‘lmasa” ish beruvchi xodimga boshqa ish taklif etishi kerak.  

Ushbu kodeks 144-moddasi 3-qism mazmuniga ko‘ra esa, mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar xodimning aybisiz yuzaga kelgan hollardagina boshqa ishga taklif  berishi ko‘rsatilgan. Bizdagi vaziyatda esa diplomni soxtalashtirish “xolisona sabab” emas, balki jinoyat tarkibini (JK 228-modda) ham beradi.

Yuqoridagilardan xulosalash mumkinki, ushbu holatda hujjatlar xodim tomonidan soxtalashtirilganligi sababli xoimga boshqa ishga taklif etish majburiyati mavjud emas.

FHSHni mehnat shartnomasi deb topish asoslari

Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nimalar kiradi?

Noqonuniy ishdan bo’shatishning huquqiy oqibatlari

Ogohlantirish muddati

Ayrim tumanlarda ish haqlari naqd pulda berilishini bilasizmi?

Ish beruvchiga ayrim xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi

Enagalik faoliyati uchun ham staj yoziladi

18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud

Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qanday imtiyozlar berilgan?

Mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomaning o‘zaro nisbati