Bu yil OTMlarga kirishning minimum ballari nechi va ular super-kontraktga miqdoriga ta’sir qiladimi?

Avvalo, 2024-2025 o‘quv yili uchun o‘tish ballari quyidagicha:

Yoʻnalish nomlariMinimum ballar
1sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun75,6 ball
2boshqa yoʻnalishlar uchun66,5 ball

Ushbu ko‘rsatgichlar keyingi o‘quv yili, ya’ni 2025-2026 o‘quv yili uchun ham o‘zgaradi va quyidagi ko‘rinishga keladi:

Yoʻnalish nomlariMinimum ballar
1sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun94,5 ball
2boshqa yoʻnalishlar uchun75,6 ball

Endi, ushbu minimum o‘tish ballari super-kontraktga qanchalik ta’sir qilishiga to‘xtalib o‘tamiz:

1. Agar abituriyentga talabalikka tavsiya etilishi uchun 4 ballgacha yetmagan bo‘lsa, biroq u yuqoridagi minimum o‘tish ballaridan (sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 75,6 ball hamda boshqa yoʻnalishlar uchun – 66,5 ball) yuqori to‘plagan bo‘lsa, OTMlarda nisbatan arzonroq super-kontrakt to‘lab o‘qishlari mumkin.

Bunda abituriyent to‘plagan ballning miqdoriga qarab quyidagi jadval ko‘rsatilgan miqdorlarda super-kontrakt to‘lanadi.

Qabul kvotalari chegarasiga
yetmagan ballar
Super kontrakt miqdori
10.1 balldan — 1.0 ballgachabazaviy kontraktning 1.5 barobari
21.1 balldan — 2.0 ballgachabazaviy kontraktning 2 barobari
32.1 balldan — 3.0 ballgachabazaviy kontraktning 2.5 barobari
43.1 balldan — 4.0 ballgachabazaviy kontraktning 3 barobari

2. O‘qishga qabul qilinishlari uchun 4 balldan ko‘proq bal yetmagan abituriyentlarning barchasi  minimal o‘tish balli (sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 75,6 ball hamda boshqa yoʻnalishlar uchun – 66,5 ball)gacha bir xil to‘lovni amalga oshiradi. Yo‘nalishlarga qarab, bu summa bazaviy kontraktning 8 dan 25  barobarigacha bo‘lishi mumkin.

3. Yuqorida bu yilgi minimum o‘tish ballari haqida ma’lumot berib o‘tdik. Endi, abituriyent eng minimum ballni to‘play olmadi deylik.

Unda nima bo‘ladi?

Bunday vaziyatda ham abituriyentda o‘qishga kirish imkoniyati saqlanib qoladi.  Faqat, ular super-kontrakt to‘lovining belgilangan qiymatidan 2 barobar to‘lashadi. 

Masalan, yurisprudensiyaning super-kontrakti bazaviy kontraktning 25 barobarigacha deb belgilangan bo‘lsa, shuning 2 barobari bazaviy kontraktning 50 barobariga teng bo‘ladi. Minimal o‘tish ballidan past natijani ko‘rsatganlar 50 barobarlik “super-muper-kontrakt”ni to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Aytish kerakki, super kontrakt ham, “super-muper” kontrakt ham birinchi o‘quv yili uchun to‘lanadi. Talaba ikkinchi kursdan boshlab boshqalar qatori bazaviy kontrakt to‘lab o‘qishni davom ettiraveradi.

Ish haqlarining oshishi kontraktga ta’sir ko‘rsatadimi?

5 yillik ish stajiga ega xodimlar OTMlarga kontrakt asosida qabul qilinadi

Xorijiy tillarni bilish darajasi C1 bo‘lmasa ham imtihon xarajatlari qoplanadi

Xorijiy til sertifikati uchun imtiyozlar

Fan olimpiadalarida g‘olib o‘quvchilar taqdirlanadi