O‘zboshimchalik bilan suv tarmog‘iga ulanib olganlik uchun qanday javobgarlik mavjud?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 163-moddasiga ko‘ra vodoprovod tarmoqlariga (suv ta’minoti tarmoqlariga) o‘zboshimchalik bilan ulanish hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab bo‘lsa yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish:

  • fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha,
  • mansabdor shaxslarga esa bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

E’tibor bering! Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin sodir etilsa Jinoyat kodeksining 1852-moddasiga binoan:

  • bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima;
  • yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari;
  • yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Agar xuddi shunday turdagi huquqbuzarlik tijorat maqsadlarida amalga oshirilgan bo‘lsa to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Bunda Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 2-qism “d” bandiga ko‘ra:

  • bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima;
  • yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari;
  • yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash;
  • yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izoh:

2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son Farmoniga ko‘ra BHM 340 000 so‘m etib belgilangan.

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Qanday hollarda ichki ishlar organlari xodimlari shaxsni ushlab turish uchun(idoraga) olib ketishlari mumkin?

O‘zboshimchalik bilan yo‘llarda yoki ko‘chalarda sun’iy to‘siqlar o‘rnatgan shaxslarga ham javobgarlik mavjud

Yaqinda uy oldim uyni nomimga o‘tkazmasam nima bo’ladi?

Mastlik holati aniqlangan haydovchining guvohnomasi voqea joyida olib qo‘yiladimi yoki sudning qaroriga asosan olib qo‘yiladimi?