Qonunchilikda tadbirkorlarga ayrim iqtisodiy qulayliklar yaratilmoqda

Qonunchilikda tadbirkorlarga ayrim iqtisodiy qulayliklar yaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.08.2024 yildagi PF-132-son Farmoni qabul qilindi. Unga asosan Tadbirkorlik subektlariga o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun bir qancha imtiyozlar belgilandi. Jumladan, 2024-yil 1-noyabrdan boshlab:

  • davlat dasturlari asosida kichik va o‘rta tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb qilinadi hamda «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik subektlariga ajratiladigan 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish yoki ular bo‘yicha kafilliklar taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda tijorat banklariga va mikromoliya tashkilotlariga o‘z resurslari hisobiga mazkur mikrokredit miqdorini 300 million so‘mgacha oshirishga ruxsat etiladi;
  • 2025-yil 1-yanvardan boshlab elektron onlayn ausion savdolarida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi;
  • Vazirlar Mahkamasi 2024-yil 1-noyabrga qadar tadbirkorlik subektlariga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovni oldindan amalga oshirishda qulaylik yaratish, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga nisbatan shartnomaviy limitlarni oshirish va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovni kamida 10 baravarga kamaytirish choralarini ko‘radi;

eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashda:

soliq to‘lovchilardan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi;

bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi; (Bunda mazkur tartib ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrdagi eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash uchun taqdim etilgan arizalarga nisbatan ham tatbiq etiladi)

2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriadi;

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subektlariga 2028-yil 1-yanvarga qadar har oyning 25 sanasiga qadar to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika budjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi:

a) oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz (to‘lov terminallari yoki mobil to‘lovlar orqali) qismi:

  • 60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga — budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 40 foizi;
  • 60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga — budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizi;

b) turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subektlariga — budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foizi.

Faktoring faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tashkil etish mumkin

Buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot moliyaviy mukofotlanishi mumkin.

Alkogol masulotlarini ishlab chiqarishga doir yangi lisenziya talablari joriy etilmoqda

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi

Oilaviy mehmon uylari uchun qanday majburiy sharoitlarni yaratishlari kerak?