Tamakini faqatgina jamoat joyida chekmaslik kerakmi?

Ish joylari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 561-moddasiga muvofiq:

  • bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Biroq bundan tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar mustasno.

Bundan tashqari, tamaki mahsulotlarini:

  1. mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda;
  2. daryo kemalarida belgilanmagan joylarda;
  3. shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlarida (shu jumladan tamburlarida);
  4. shahar ichida, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarda;
  5. shuningdek taksilarda, yo‘nalishli taksilarda hamda shahar elektr transportida iste’mol qilish:
  • bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

E’tiborli jihati, bunda havo kemalarida iste’mol qilish nisbatan oshirilgan javobgarlik mavjud va bunday huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan BHMning ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ma’lumot o’rnida! Nosvoy ham tamaki mahsuloti hisoblanadi. Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risidagi qonunning 3-moddasiga binoan, nosvoy — shimish uchun mo‘ljallangan hamda tamakidan va tamakisiz xomashyodan (ishqordan, ohakdan, bo‘rdan) tayyorlangan chekilmaydigan tamaki mahsulotining turi va yuqoridagi javobgarlik masalalari bunga ham qo’llanilinadi.

Izoh:

2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son Farmoniga ko‘ra BHM 340 000 so‘m etib belgilangan.

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Qanday hollarda ichki ishlar organlari xodimlari shaxsni ushlab turish uchun(idoraga) olib ketishlari mumkin?

O‘zboshimchalik bilan yo‘llarda yoki ko‘chalarda sun’iy to‘siqlar o‘rnatgan shaxslarga ham javobgarlik mavjud

Yaqinda uy oldim uyni nomimga o‘tkazmasam nima bo’ladi?

Mastlik holati aniqlangan haydovchining guvohnomasi voqea joyida olib qo‘yiladimi yoki sudning qaroriga asosan olib qo‘yiladimi?