Ayrim tibbiyot xodimlariga uzluksiz ishlagan davri uchun ustamalar to‘lanadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005 yildagi 276-son Qaroriga muvofiq, davlat tibbiyot muassasalarining vrachlarga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga, shuningdek sog‘liqni saqlash barcha muassasalari farmasevtika xodimlarining tarif stavkalariga ustamalar to‘lanish tartibi belgilangan. Ushbu ustamalar miqdori bilan quyidagi jadval orqali tanishib olishingiz mumkin.

Alohida muassasalar, bo‘linmalar va lavozimlarda uzluksiz ish staji uchun ustamalar:

Tibbiyot sohasi xodimlariUstamalar miqdori
    1    shoshilinch tibbiy yordam xizmatining vrachlariga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga:uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 30 foiz;
      2    shoshilinch tibbiy yordam xizmatining oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralariga:uzluksiz ishlangan stajning birinchi uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 40 foiz;
        3        qishloq vrachlik punktlari (QVP) vrachlariga va patronaj tibbiyot hamshiralariga:uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori vrachlar uchun — 50 foiz, patronaj tibbiyot hamshiralari uchun esa — 40 foiz;
      4poliklinikalarning hududiy uchastkalari uchastka terapevtlariga, o‘smirlar vrachlariga, uchastka pediatrlariga va uchastka tibbiyot hamshiralariga, poliklinikalardagi terapiya va pediatriya bo‘limlari mudirlariga, oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot vrachlariga, umumiy amaliyot tibbiyot hamshiralariga hamda bo‘limlari mudirlariga:uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 40 foiz;
      5    tez yordam xizmati va sanitariya aviatsiyasining ko‘chma brigadalari katta vrachlari, vrachlari va o‘rta tibbiyot xodimlariga:uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 30 foiz;
  6o‘latga qarshi muassasalarning va alohida xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi kurash olib borish muassasalarining tarkibiy bo‘linmalari xodimlariga:uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 80 foiz;
      7      leprozoriya muassasalari va tarkibiy bo‘linmalarining xodimlariga:uzluksiz ish staji uchun: 3 yildan 5 yilgacha bo‘lganda tarif stavkasining 15 foizi;  5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 25 foizi; 10 yildan ortiq bo‘lganda — tarif stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
      8    bemorlarga ularning uyida xizmat ko‘rsatadigan psixonevrologiya dispanserlarining (psixiatriya shifoxonalari dispanser bo‘limlarining) psixiatr vrachlariga va o‘rta tibbiyot xodimlariga:uzluksiz ish stajining dastlabki uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yili uchun — tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 30 foiz.
        9      tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudirining o‘rinbosari — qishloq vrachlik punktlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchiga:vrachlik lavozimlarida uzluksiz ishlangan umumiy stajning birinchi uch yili uchun va har bir keyingi ikki yili uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 50 foiz.

*Eslatma: Qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga — tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorda maxsus har oylik ustama belgilanadi.

Vrachlarga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga, shuningdek sog‘liqni saqlash barcha muassasalari farmatsevtika xodimlariga quyidagi ustamalar:

Uzluksiz ish stajiTarif satvkasi miqdori
1uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha bo‘lgandatarif stavkasining 5 foizi miqdorida;
2uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha bo‘lgandatarif stavkasining 10 foizi miqdorida;
  3  uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha bo‘lgandatarif stavkasining 15 foizi miqdorida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 20 foizi miqdorida;
        4        uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq bo‘lgandatarif stavkasining 20 foizi miqdorida belgilanadi;   alohida toifalari bundan mustasno, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 30 foizi miqdorida.

Moliyaviy xizmatlar koʻrsatilishida isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish

Avtomobilga qanday turdagi chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas?

Eskrou agentning huquqiy maqomi

Konsignatsiya shartnomasi

Kontrgarantiya yoki kontrgarant nima?

Negator daʼvo nima?

Uy-joy sotib olishda iste’molchilar huquqlari

Ogohlantirish muddati

Vindikatsiya nima?

Fuqarolik huquqida restitutsiya