Ayrim talabalarga kontrakt toʻlovlarini toʻlashda moliyaviy yordam beriladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini hamda «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarning, yoshlarning oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishlari uchun ularga turli xil imtiyozlar yaratib berilmoqda. Ushbu imtiyozlarda biri sifatida toʻlov-kontraktni pulini toʻlab berilishini ayta olamiz.

a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yildagi 312-son Qaroriga https://lex.uz/uz/docs/-6051791 asosan, mamlakatimizdagi professional va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan, «Temir daftar»ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, «Yoshlar daftariga» kiritilgan yoshlarning toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHM ning 50 baravaridan oshmagan miqdorda toʻlab beriladi;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  31.03.2022-yildagi 145-son Qaroriga https://lex.uz/docs/-5932671 binoan, Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan (taʼlim shaklidan qatʼi nazar) «Ayollar daftari»ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoxud ularning oliy taʼlimda tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga BHM ning 15 baravaridan oshmagan miqdorgacha «Ayollar daftari» jamgʻarmasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan sektorlar rahbarlari xulosasi asosida bir marotaba toʻlov-kontraktini toʻlab beriladi.

Ish haqlarining oshishi kontraktga ta’sir ko‘rsatadimi?

5 yillik ish stajiga ega xodimlar OTMlarga kontrakt asosida qabul qilinadi

Bu yil OTMlarga kirishning minimum ballari nechi va ular super-kontraktga miqdoriga ta’sir qiladimi?

Xorijiy tillarni bilish darajasi C1 bo‘lmasa ham imtihon xarajatlari qoplanadi

Xorijiy til sertifikati uchun imtiyozlar