Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1136, 08.05.2002 y.) 27-bandiga asosan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo‘ladigan xatarli o‘simtalar, jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo‘yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog‘liq ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga ish haqining 100 foizi miqdorida;
b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
v) umumiy ish staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.
Mana shu qoidaga ko‘ra xodimdagi kasallikning xavflilik darajasi va uning ish stajini inobatga olgan holda mehnat vazifasini bajarishdan ozod bo‘lgani, boshqacha aytganda bu davrda oylik olmagani uchun nafaqa to‘lanadi.