Ishsiz aholiga xorijiy tillarni o‘rganish uchun grandlar ajratiladi

Ma’lumki, dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlari fuqarolarimizni o‘zlarida rasmiy “mehnat-migranti” maqomiga ega bo‘lgan holda ishlash uchun taklif etadi. Ular tomonidan bildirilgan ushbu takliflarning birinchi navbatdagi talabi bu xorijiy tillarni bilish lozimligidir.

Ishsiz fuqarolarni xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.08.2020-yildagi PQ-4804-sonli Qarori qabul qilingan.

Ushbu qarorning 12-bandiga asosan:

ishsiz va band bo‘lmagan aholini,
shuningdek tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun ketayotgan va “labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatga olingan fuqarolarni:
  • tadbirkorlik ko‘nikmalari
  • xorijiy tillar va kasb-hunarga tayyorlash,
  • qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ketishdan oldin davlat yoki nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalariga, ishlab chiqarishning o‘zida o‘qitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablariga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir ta’lim oluvchi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda grantlar ajratiladi.

Pensiyada ham chegirmalar mavjudmi?

Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud

Agar kupelarda kondisioner ishlamasa, chiptalar uchun to‘langan pullar chegirib qolinadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunar o‘rgangan taqdirda ularga stipendiyalar beriladi.