Hech kimga sir emaski, yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko’lami yildan-yilga oshib bormoqda.
Yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tamonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha ham bir qator muhim ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu ishlarning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yildagi 312-son Qarori qabul qilindi hamda yoshlar uchun yana bir qator imtiyozlarni belgilab berdi.
Hozirda yuqoridagi Qarorga asosan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan shaxslar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar bilan tanishtirib o’tamiz.
Hududiy va tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘laridan foydalangan holda ajratiladigan subsidiyalar
T/r | Faoliyat turlari | Subsidiya miqdori |
---|---|---|
1 | Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun | BHMning 4 baravarigacha miqdorda |
2 | Dehqonchilik va tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun | BHMning 8 baravarigacha miqdorda |
3 | Tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilishga | BHMning 40 baravarigacha miqdorda |
4 | Zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli o‘quv kurslar uchun | Har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda |
5 | Itimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olti oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun | Har oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda |
6 | Ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun | BHMning 4 baravarigacha miqdorda |
7 | Timoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning alqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun | BHMning 40 baravarigacha miqdorda |
8 | Ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan ta’lim tashkilotlarining uch oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun | BHMning 50 baravarigacha miqdorda |
9 | Moddiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 30 yoshdan oshmagan bemor fuqarolarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun | BHMning 50 baravaridan oshmagan |
10 | Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badali uchun | Badalning to’liq miqdorida |
11 | ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oyda turar joy ijarasi uchun | BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda 12 oygacha |