Skip to main content

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joy masalalarida qanday yordam koʻrsatiladi?

Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qaroriga koʻra ayollar daftariga 30 yoshdan oshgan uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar quyidagi holatlarda kiritiladi:

  • ✅noturar joylarda istiqomat qilayotgan;
  • ✅doimiy yashash uchun turar joyi bo‘lmagan;
  • ✅ bir xonadonda (kichik hovlida) uch va undan ortiq oila yashayotgan (uy-joy maydoni belgilangan ijtimoiy normadan kam bo‘lgan);
  • ✅biroq o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan;
  • ✅xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritiladi.

Ushbu imtiyozdan foydalanish tartibi qandayligiga toʻxtaladigan boʻlsak, sektorlar ishchi guruhlari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning uy-joyi holati o‘rganiladi va nuqson dalolatnomasi hamda ta’mirlash yoki qurilish materiallarini olib berish bo‘yicha smeta ishlab chiqilib, “Ayollar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga kiritiladi.

Har bir uy-joyni ta’mirlash ishlariga “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha yaʼni  11 mln 250 ming  miqdorda mablag‘ ajratiladi.

Xulosa shundaki, sektor ishchi guruhi xulosasiga koʻra uy-joyga muhtoj deb topilgan ayollar uchun 11 mln 250 ming soʻm miqdorida yordam koʻrsatiladi.