Skip to main content

Endilikda davlat granti 1 yilga beriladimi?

Oldinlari oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida qabul qilingan talabalar taʼlim yoʻnalishi boʻyicha barcha oʻquv yillarini davlat granting asosida oʻqib kelgan. Biroq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoni hamda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida farmonida endilikda davlat granti 1 yilga berilishi belgilab qoʻyilgan.

Ushbu farmonni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2025-yil 10-martda “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorini qabul qildi va endilikda ushbu qaror asosida davlat granti taqsimlanadi.

Grantni taqsimlashda 100 ballik sistemadan foydalaniladi va 80 bal talabaning akademik oʻzlashtirish koʻrsatgichiga ajratilsa, qolgan 20 bal talabaning ijtimoiy faolligi orqali kelib chiqadi.

Endi esa talabaning akademik oʻzlashtirish koʻrsatgichi qanday aniqlanishini bilib olamiz. Bunda GPA (Grade Point Average) — taʼlim oluvchining dastur boʻyicha oʻzlashtirgan ballarining oʻrtacha qiymati belgilanadi va chiqqan GPAni 16 soniga koʻpaytirish orqali akademik oʻzlashtirish boʻyicha koʻrsatgich kelib chiqadi. Misol uchun, talaba barcha fanlarni “5” bahoga yopdi deylik, bunda talabaning GPA koʻrsatgichi 5 hisoblanib, uni 16 ga koʻpaytiriladi va natijada 80 bal qoʻlga kiritiladi.

Endi esa ijtimoiy faollik masalasiga yuzlanadigan boʻlsak, ushbu kriteriani kiritishdan maqsad talabani faqatgina dars mashgʻulotlari bilan emas, balki qoʻshimcha loyihalarda ishtirok etishga va oʻzini yetuk darajada rivojlantirish koʻzlangan.

*Ijtimoiy faollik uchun betiladigan ballar koʻrsatilgan rasm

Eslatib oʻtamiz, ushbu tartib imtiyozli grant egalariga tegishli emas. Shuningdek, bu tartib 2024-2025 oʻquv yilidan qabul qilingan talabalar uchun belgilangan.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, ushbu tartibdan davlat granti asosida faqat arziydigan talabalarni oʻqishini taʼminlash koʻzda tutilgan. Chunki, ayrim talabalar davlat granti asosida oʻqishga kirib, keyin oʻqishni susaytirish holatlari kuzatilgan. Endilikda esa grant uchun raqobat boʻladi. Zero raqobat bor joyda, oʻsish boʻladi.

Categories: Ta'lim