Skip to main content

Jamoat transportidan kimlar bepul foydalanish mumkin?

Oʻzbekistonda jamoat transporti deganda avtobus va metro nazarda tutiladi. Ayrim toifadagi shaxslar ushbu transport vositalaridan bepul foydalanishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq shahar yoʻlovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi faqat:

  • ➖1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan boʻlmish harbiy xizmatchilar;
  • ➖1941—1945-yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
  • ➖1941—1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
  • ➖Afgʻoniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalmilalchi jangchilar jumlasidan boʻlmish fuqarolar;
  • ➖haqiqiy muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt boʻyicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
  • ➖ “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar;
  • ➖Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
  • ➖oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar;
  • ➖nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxslar uchun va nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxsga safarlarda hamrohlik qiluvchi shaxslarda mavjud.

Yuqorida aytilgan shaxslar shahar transportlari uchun toʻlov qilmasdan foydalanish huquqiga ega.