Skip to main content

Nikohlanuvchilar qanday tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi?

Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrikdan oʻtishi ularning sogʻligʻini tekshirish va irsiy yoki yuqumli kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi. Bu tartib kelajakdagi farzandlar salomatligi va oilaviy barqarorlik uchun muhim ahamiyatga egadir.

“Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizomning 1-ilovasiga muvofiq qanday koʻriklardan oʻtish hajmi belgilangan. Unga koʻra, boʻlajak er-xotin quyidagi koʻriklardan oʻtishi lozim:

Kasalliklar Tekshiruv turlari
1Ruhiy kasalliklar (shizofreniya, epilepsiya, oligofreniya) yuzasidan tekshirish:anamnestik
psixopatologik
somatonevrologik
paraklinik
2Narkologik kasalliklar yuzasidan tekshirishklinik tekshirish
anamnestik
psixopatologik
somatonevrologik
laboratoriya tekshiruvi
3Zaxm yuzasidan tekshirishgenitaliy doirasida yara yoki eroziya mavjud boʻlganda yoki terining boshqa joylarida zaxmdan shubhalanadigan toshmalar mavjud boʻlganda material toʻplash
pretsipitatsiya mikroreaksiyasi usuli bilan zaxm yuzasidan qonni tekshirish
qonni serologik tekshirish
4Sil yuzasidan tekshirishanamnez
koʻkrak qafasi organlarini tekshirish
koʻkrak qafasi organlarining rentgenoskopiyasi (yirik kadrli flyuorogramma)  
koʻkrak qafasi rentgenografiyasi
balgʻamni, yaraning yiringini, bakteroskopiya usuli bilan siydikni sil mikrobakteriyasiga tekshirish
5OIV/OITS yuzasidan tekshirishanamnez
klinik tekshirish
birlamchi immunoferment tekshirish
immunoblot usuli bilan qonni tekshirish

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, boʻlajak er-xotinlarga tibbiy koʻrikdan oʻtishlari nafaqat oʻzlari uchun, balki ular dunyoga keltiradigan farzandlarining sogʻligi uchun ham muhimdir!

Categories: Oila huquqi