Skip to main content

Pensiya va nafaqaning farqi nimada?

Koʻpchilik “pensiya” va “nafaqa” tushunchalarini bir xil deb oʻylaydi. Baʼzilar esa “pensiya” soʻzini “nafaqa”ning ruschasiga tenglashtiradi. Aslida, pensiya — mehnat stajiga asoslangan toʻlov, nafaqa esa ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga davlat tomonidan beriladigan yordamdir. Shu sababli “pensioner” va “nafaqaxoʻr” tushunchalarini chalkashtirmaslik lozim.

Xoʻsh, bu ikki tushunchaning farqi nimada?

Pensiya!

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 2-moddasiga koʻra, davlat pensiyalarining quyidagi turlari belgilanadi:

  • 1. Yoshga doir pensiya.
  • 2. Nogironlik pensiyasi.
  • 3. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi.

Ushbu qonunning 7-moddasiga koʻra, yoshga doir pensiya olish huquqiga:

  • ➖erkaklar — 60 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʻlgan taqdirda;
  • ➖ayollar — 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʻlgan taqdirda ega boʻladilar.

Ushbu qonunda belgilangan shartlar va meʼyorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar  nafaqa olish huquqiga egalar.

Nafaqa!

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan Nizomga asosan nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash, ularning turini oʻzgartirish va toʻlash tartiblari amalga oshiriladi. Ushbu Nizom boʻyicha quyidagi nafaqalar tayinlanadi:

1nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi
2parvarishlash nafaqasi
3nogironlik nafaqasi
4boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi
5yoshga doir nafaqa

Mazkur nizomning 19-bandiga asosan, yoshga doir nafaqa:

  • ➖ayollarga — 60 yosh (bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga esa 55 yoshdan)
  • ➖erkaklarga — 65 yoshga yetganda tayinlanadi.

Pensiya va nafaqaning farqlari:

Farqli jihatlarPensiyaNafaqa
 1Tayinlash asosimehnat staji, yoshi yoki nogironlik asosida tayinlanadiijtimoiy yordam sifatida, baʼzi toifalarga (masalan, nogironlar, bolalar, kam taʼminlanganlar) belgilanadi.
 2Moliyalashtirish manbaifuqarolarning ilgari toʻlagan sugʻurta badallaritoʻliq davlat budjeti
 3DavomiyligiYoshga doir pensiya umrbod. Nogironlik pensiyasi maʼlum vaqtga yoki muntazam. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi muayyan muddatga yoki umrbod.vaqtinchalik yoki maʼlum muddatga tayinlanadi