Skip to main content

Qachon attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatiladi?

Pedagoglar orasida “Agar o‘qituvchi navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmasa, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadimi?” — degan savol tez-tez uchrab turadi. Bu masalada huquqiy asoslar aniq belgilangan va quyidagicha tartibda amalga oshiriladi.

Qonunchilik nima deydi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 44-bandiga ko‘ra:

  • Agar oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan va mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimida faoliyat yuritayotgan pedagog navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmasa, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli emasligi sababli mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega.

Ya’ni, bu holatda mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda, aniqrog‘i Mehnat kodeksining 161-moddasi, ikkinchi qismi 3-bandiga asosan bekor qilinadi.

Lekin bitta imkoniyat bor!

Agar ish beruvchi shartnomani bekor qilmasa, Nizomning 441-bandiga asosan bunday pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan ketma-ket ikki marta jalb etilishi mumkin.

Bunda quyidagilar muhim:

  • ➖Agar bu ikki imkoniyatdan birortasida ham o‘ta olmasa,
  • ➖Yoki asabiy sabablarsiz attestatsiyada qatnashmasa — u holda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

 

Qayta ishga kirish mumkinmi?

Ha, lekin faqat bitta shart bilan: Agar pedagog o‘z xohishi bilan Kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etib, sertifikat olgan bo‘lsa, u yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.

Categories: Pedagogik soha