Skip to main content

Qanday qilib ta’lim krediti olish mumkin?

O‘zbekistonda Oliy ta’lim muassasalarining aksariyatida 2025/26-o‘quv yil boshlandi. Ayni shu paytda kontrakt asosida oʻqiydigan ayrim talabalar toʻlov masalasida ikkilanishi mumkin. Quyida ta’lim krediti va uning shartlarni keltirib o‘tamiz.

Taʼlim krediti shartlari

Imtiyozli taʼlim krediti Oʻzbekiston hududidagi barcha davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari uchun bir xil tartibda beriladi. Biroq, Prezident farmoniga ko‘ra, 2024/25 oʻquv yilidan boshlab mazkur kredit faqat kunduzgi shaklda tahsil olayotgan talabalarga taqdim etiladi.

Kreditning yillik foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi darajasida (amalda 14%) belgilanadi. Agar Markaziy bank stavkasi pasaysa, kredit stavkasi ham shu darajada kamayadi. Shunga qaramay agar stavka oshsa, kredit stavkasi oʻzgarmasdan qoladi.

Sirtqi, kechki yoki masofaviy taʼlim shaklida oʻqiyotganlar imtiyozli kreditdan foydalana olmaydi. Shuningdek, “superkontrakt” asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga ham imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi.

Eslatib o‘tish kerak, xotin-qizlarga ajratiladigan taʼlim krediti foizlari Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan toʻliq qoplanadi.

Birinchi kurs talabalari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida beriladi.

Ikkinchi kurs va undan yuqori bosqichda oʻqiyotgan talabalar baholari oʻrtacha “3”dan past boʻlsa, ularga taʼlim krediti maksimal kontrakt summasining 80 foizi miqdorida ajratiladi. Ammo bunday talab ijtimoiy himoya yagona reyestriga kirgan oilalar farzandlariga tatbiq etilmaydi

Kredit olish tartibi

  1. 1.Avvalo, kredit olish uchun oliy ta’lim dargohi bilan kontrakt asosida oʻqish uchun shartnoma tuzilishi kerak.
  2. 2.Soʻngra talim-krediti.mf.uz sayti yoki my.gov.uz portali orqali kredit uchun ariza yuboriladi.
  3. 3.Bundan kredit oluvchining daromadga ega oila aʼzolari birgalikda qarz oluvchi sifatida shartnoma imzolashi kerak bo‘ladi. Agar kafil shaxs 24 soat ichida rozilik bermasa, ariza avtomatik tarzda bekor qilinadi.
  4. 4.Agar talaba ijtimoiy himoya yagona reyestrida roʻyxatda boʻlgan oila farzandi boʻlsa, kafil talab qilinmaydi, faqat birgalikda qarz oluvchi yoki talabaning rasmiy daromadi yetarli boʻlishi kerak.

Taʼlim krediti olish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

  • ▪️Ariza
  • ▪️Shaxsini tasdiqlovchi hujjat
  • ▪️Kreditni qaytarish kafolati (garov, kafil yoki sugʻurta)
  • ▪️Universitet bilan tuzilgan shartnoma
Categories: Ta'lim