Qaysi holatlarda nikoh tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi?
Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksiga binoan nikoh tuzish ixtiyoriy hisoblanadi.Nikoh tuzish uchun boʻlajak er-xotin oʻz roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak. Jamiyatimiz tomonidan oila qurishga targʻib qilinadi. Zeroki, oila jamiyatning tayanchidir. Ammo, oila qurishga monelik qiladigan holatlar ham mavjud boʻlib, ular qonunchilikda belgilangan.
Oila kodeksining 16-moddasiga binoan, nikoh tuzishga:
- ➖ loaqal bittasi roʻyxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar oʻrtasida;
- ➖ nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar bilan opa-singillar oʻrtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida;
- ➖ loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga zayoqatsiz deb topilgan shaxslar oʻrtasida yoʻl qoʻyilmaydi.
Demak, agar nikohlanuvchilar biri avval bir nikohda boʻlgan boʻlsa-yu, birinchi oilasidan qonuniy ravishda nikohdan ajralmagan boʻlsa, ikkinchi marta qonuniy nikohdan oʻta olmaydi. Yoxud, farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar oʻrtasida ham nikoh tuzishga qonunda belgilangan tartibda ruxsat berilmaydi.
Categories:
Oila huquqi