Harbiy xizmatdan bo‘yin tovlab bo‘lmaydi, unga borish shart. Bu fuqarolarning konstitutsiyaviy majburiyatidir. O‘zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasining 64-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun 4-moddasiga muvofiq tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga o‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar.
Qonuning 6 – moddasiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar. Shu sababdan ham 18 – 27 yosh orasida harbiy xizmatga yaroqli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgani uchun safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga chaqiriladi.
Shunga ko`ra har bir fuqaro harbiy xizmatni o`tashi shart.
Bunda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevraldagi 99-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tashi tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 5-bandiga ko‘ra safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilgandan keyin Mudofaa vazirligi tomonidan Maxsus hisob raqamiga badal o‘tkazish tartibi to‘g‘risida yozma shartnoma tuziladi.
Demak, fuqaro shartnoma imzolash uchun avval suhbat tashkil etilishi lozim. Agar suhbat o‘tkazilmasdan turib shartnoma imzolangan bo‘lsa, unda bu shartnomani bekor qilish mumkin.
Endi qarang! ushbu bandning 9-xatboshisiga ko‘ra shartnoma Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan muddatli harbiy xizmatga fuqarolarni navbatdagi chaqirish muddati davomida mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs va kafil tomonidan imzolanishi hamda mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va muhrlangan bo‘lishi kerak.
Qoidaning mazmuniga ko‘ra shartnomada fuqarodan tashqari kafilning ham imzosi bo‘lishi lozim. Agar kafil shartnomani imzolamasa, shartnoma kuchga kirmaydi.