5 yillik ish stajiga ega xodimlar OTMlarga kontrakt asosida qabul qilinadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxatini tasdiqadi.
Bunda, ro‘yxatda keltirilgan tashkilotlarning tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlar 2024-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
*Eslatma! suhbat o‘tkazish va talabalikka qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining 04.11.2021-yildagi 675-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida olib boriladi.