Oliy ta’lim muassasalarida bahorgi semestr yakunlanishiga ham oz vaqt qoldi. Sessiya yakuniga yetgach, aksariyat talabalarda o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq masalalar boshlanadi. Talabalarning eng birinchi beradigan savoli esa, qachondan qachongacha ariza bersa bo‘ladi? degan mazmunda bo‘ladi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 15-bandiga ko‘ra:
- o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni taqdim etish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Arizani qanday topshirsa bo‘ladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga asosan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar:
- My.gov.uz
- Transfer.edu.uz platformasi orqali topshirish mumkin.