Aliment to‘lamagan qamaladimi?

Aliment majburiyati nafaqat fuqarolik, balki ma’muriy va xattoki jinoiy javobgarlikni ham keltirib chiqaradi.

Xususan, agar aliment to‘lovchi o‘z majburiyatini bajarmasa, undiruv majburiy tartibda uning mol-mulkiga qaratiladi. Bunda Oila kodeksining 139-moddasi qoidalari qo‘llaniladi.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474 va 475-moddalariga muvofiq, aliment majburiyatlari, ya’ni, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslar va ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik:

  • o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga;
  • yoki bir yuz yigirma soatgacha haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga;
  • yoxud ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy jazolarning mazkur turlari qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yuqoridagi huquqbuzarliklar ma’muriy jazo tayinlangandan keyin 1 yil ichida sodir etilsa, jinoiy javobgarlik keltirib chiqaradi. Bunda Jinoyat kodeksining 122-moddasiga muvofiq shaxsning harakatlari:

  • ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qonun chiqaruvchi ikkala holatda ham imtiyoz bergan, ya’ni birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish jarayonida aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

Nikohdan ajralish qanchaga tushadi?

14 yoshga to‘lgan bola  otasidan ham onasidan ham aliment undirishni talab qila oladi

Koreyadagi shaxsdan aliment undirsa bo‘ladimi?

Bolaning asrab olinganligini aytsam javobgarlikka tortilamanmi?

Aliment to‘lovlari jamg‘armasi haqida eshitganmisiz?