Qaysi magsitratura yo‘nalishlariga B1 sertifikati bilan hujjat topshirish mumkin

Ma’lumki, joriy yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga binoan magistraturaga qabul qilishda chet tillarini bilish darajasi bo‘yicha nomzodlarga ayrim yengilliklar berildi hamda yangi tartib o‘rnatildi.

Unga ko‘ra:

  • xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;
  • gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;
  • boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida bo‘lishi kerak.

Boshqa ta’lim sohalariga qaysi ta’lim yo‘nalishlari kiradi?

Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatori 7-8-9- boblarida nazarda tutilgan ta’lim yo‘nalishlari Prezident farmonida belgilangan boshqa yo‘nalishlarga kiradi. Bular quyidagilar:

  • Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari
  • Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va veterinariya
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot.

Ushbu yo‘nalishlarga hujjat topshirayotgan nomzodlarda B1 chet tilini bilish darajasi bo‘lishi yetarlidir

Ish haqlarining oshishi kontraktga ta’sir ko‘rsatadimi?

5 yillik ish stajiga ega xodimlar OTMlarga kontrakt asosida qabul qilinadi

Bu yil OTMlarga kirishning minimum ballari nechi va ular super-kontraktga miqdoriga ta’sir qiladimi?

Xorijiy tillarni bilish darajasi C1 bo‘lmasa ham imtihon xarajatlari qoplanadi

Xorijiy til sertifikati uchun imtiyozlar