Fan olimpiadalarida g‘olib o‘quvchilar taqdirlanadi

Ma’lumki, har o‘quv yilida maktab o‘quvchilari o‘rtasida asosiy fanlardan olimpiadalar 4 bosqichda tashkil etiladi va unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan (1, 2, 3-o‘rinlar) o‘quvchilar taqdirlanadi.

Bu masala Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom bilan tartibga solinadi.

Mazkur nizomga binoan fan olimpidalari quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi.

BosiqchlarTartibiMuddati
birinchi bosqichmaktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablar miqyosidasentyabr oyida
ikkinchi bosqichtuman (shahar) miqyosidaoktyabr oyida
uchinchi bosqichQoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosidanoyabr oyida
to‘rtinchi bosqichrespublika miqyosidaaprel-may oylarida

Ushbu fan olimpidalarining 3 va 4-bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar quyidagicha taqdirlanadi.

1. Asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

    • 1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari;
    • 2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari;
    • 3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.

    2. Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

      • 1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravari;
      • 2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari;
      • 3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari.

      Shuni ham aytish kerakki, to‘rtinchi bosqichida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar Vazirlik tomonidan beriladi va uning alohida elektron reyestri yuritiladi.

      Ayrim talabalarga kontrakt toʻlovlarini toʻlashda moliyaviy yordam beriladi.

      Ish haqlarining oshishi kontraktga ta’sir ko‘rsatadimi?

      5 yillik ish stajiga ega xodimlar OTMlarga kontrakt asosida qabul qilinadi

      Bu yil OTMlarga kirishning minimum ballari nechi va ular super-kontraktga miqdoriga ta’sir qiladimi?

      Xorijiy tillarni bilish darajasi C1 bo‘lmasa ham imtihon xarajatlari qoplanadi

      Xorijiy til sertifikati uchun imtiyozlar

      Qaysi magsitratura yo‘nalishlariga B1 sertifikati bilan hujjat topshirish mumkin

      O‘qishni ko‘chirishga qachon ariza bersa bo‘ladi?

      O‘quvchini sinfdan sinfga ko‘chirish mumkinmi?

      O‘quvchini sinfda qoldirish mumkinmi?