Pedagoglar bilan muddatli shartnoma tuzish mumkinmi?

Ba’zida o‘qituvchilar hamda boshqa pedagoglar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan holatlar uchrab turadi. Biroq o‘rganilganda ularning aksariyat qismi noto‘g‘ri tuzilgan bo‘lib chiqadi.

Bunga sabab qonun chiqaruvchi muddatli mehnat shartnomasi tuzish asoslarini cheklab qo‘yganligi va pedagogik sohadagi mehnatni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligidir.

Mehnat kodeksining 111-moddasida muddatli mehnat shartnomasi tuzish asoslari belgilangan.

Aytish kerakki, ish beruvchi va xodim o‘rtasida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar bo‘lajak ishning xususiyatini yoki uni bajarish shartlarini hisobga olgan holda nomuayyan muddatga belgilanishi mumkin bo‘lmasa, MK 112-moddasida ko‘rsatilgan asoslarda muddatli mehnat shartnomasi tuziladi.

Shuningdek, MK 113-moddasida ko‘rsatilgan asoslarda esa ish beruvchi va xodim o‘rtasida muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.

Pedagoglarning ish faoliyatiga e’tibor berilsa, ular doimiylikni tashkil etadi. Shu bois ish beruvchi ular bilan aniq asoslar bo‘lmaguncha muddatli mehnat shartnomasi tuza olmaydi.

Bunday asoslardan biri sifatida ish joyi o‘zida saqlanib qoladigan, yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini bajarish vaqti uchun boshqa xodimni ishga qabul qilishni olish mumkin.

Misol uchun homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga yoki bola parvarishlash ta’tili olgan pedagogning o‘rniga ish beruvchi boshqa pedagog xodimni ishga olishi mumkin. Bunda yangi xodim bilan albatta muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi shart. Negaki mazkur ta’til davrida MK 239-moddasiga ko‘ra xodimning ish joyi saqlanadi.

Pedagoglar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzish mumkin bo‘lgan yana bir asos bu ularni o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilinganda vujudga keladi. Bunday holatda ish beruvchi MK 113-moddasi bilan o‘rindoshni muddatli asosda ishga qabul qilishi mumkin.

Agar pedagogni ishga qabul qilishda Mehnat kodeksining yuqoridagi ikki moddasida ko‘rsatilgan aniq asoslar mavjud bo‘lmasa, ular bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonunchilikda o‘qituvchi va murabbiylarga qanday imtiyozlar belgilangan?

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘oliblari qanday taqdirlanadi?

Direktor va o‘rinbosarlar dars berishga haqlimi?

Pensioner o‘qituvchilar necha soat dars berishi kerak?

Dekretdan qaytgan o‘qituvchi kamroq dars oladimi?

Ayrim pedagog kadrlarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi, agar ular…

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablar rag‘batlantiriladi

Maktabgacha ta’lim xodimlari bazaviy tarif stavkalari miqdorlari qancha?

DMTT pedagog xodimlari haftalik ish yuklamasining miqdori qancha?

Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan maktablar rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama beriladi