O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2024-yildagi PQ-239-sonli Qaroriga muvofiq, xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berilishining yangi tartibi belgilandi.
Unga ko‘ra, endilikda xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilinishi bilan birgalikda ularga Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida (1 mln 20 ming so‘m) moddiy rag‘batlantirish beriladi.
Bundan tashqari, ushbu Qarorning 2-bandiga asosan, 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab:
2027-yil 1-yanvarga qadar yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi hamda mazkur xarajatlar Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida qoplanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.04.2021-yildagi 209-son Qarori qabul qilingan bo‘lib, ushbu Qarorning 2-ilovasida imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlarining minimal ko‘rsatkichlari belgilab qo‘yilgan edi. Biroq bu ko‘rsatgichlar Prezidentning PQ-239-sonli Qarori bilan bir pog‘onaga pasaytirildi va hozirda quyidagi ko‘rinishda belgilandi.
Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlarining minimal ko’rsatkichlari
T/r | Xalqaro imtihon tizimlarining nomi | Bilish darajasi aniqlanadigan xorijiy til | Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi uchun to‘planishi lozim bo‘lgan yuqori ballning (darajaning) minimal ko‘rsatkichi |
---|---|---|---|
1 | Test DAF | Nemis tili | TDN 3 |
2 | Goethe-Zertifikat | Nemis tili | B2 |
3 | DELF/DALF | Fransuz tili | DALF B2 |
4 | Test de Connaissance du Français (TCF) | Fransuz tili | B2 |
5 | Test of Proficiency in Korean (TOPIK I-II) | Koreys til | Level 5 (150 – 189 ) |
6 | Japanese-Language Proficiency Test (JLPT) | Yapon tili | N3 |
7 | Chinese Proficiency Test (NSK) | Xitoy tili | NSK 4 |