Qaysi kasalliklar uchun xavfsizlik kamarida imtiyoz mavjud?

Barchamizga ma’lumki, Yo‘l harakati qoidalarining 9-band 2-qismiga muvofiq, quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:

  • avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • o‘quv-mashq transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktori;
  • homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lganda);
  • xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari haydovchisi va yo‘lovchilari.

Lekin aynan qaysi kasallik bemorlari uchun bunday imtiyoz mavjudligi ko‘pchilikni qiziqtiradi.

Sog‘liqni saqlash vazirining belgilangan ro‘yxatiga muvofiq quyidagilar xavfsizlik kamarini taqmaslik huquqiga ega:

umrov va to‘sh suyaklarining sinishi;

yelka kamarining sinishi;
o‘pkaning surunkali absruktiv kasalliklarining 4-bosqichi;
brantxial astmaning 4-bosqichi;
o‘pkaning intresessial zararlanishi;
o‘pkaning bir qismi yoki butun qismi, chap yoki o‘ng tomoni olib tashlanishi;
surunkali yurak yetishmovchiligining 3-bosqichi;
rekampensatsiya bosqichining boshlanishi bilan kasallanganlar xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat etilgan.

E’tibor bering! ushbu turdagi bemorlarda albatta tibbiy ma’lumotnoma yonida bo‘lishi shart.

Yengil avtomobildan yuk tashishda foydalansa boʻladimi?

Avtomobilga qanday turdagi chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas?

Kimlar transport vositasini boshqara olmaydi?

Reydlarda haydovchining qanday huquqlari bor?

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Endilikda “prava” olish uchun birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasi yuzasidan amaliy imtihondan o‘tishga to‘g‘ri keladi

Endi multiradar orqali kelgan jarimalar bekor qilinmaydi

Alkotesterdan o‘tishdan bosh tortish mumkin

Sariqda harakatlanganlik uchun javobgarlik bormi ?

Mashina old oynasini necha foizgacha qoraytirish mumkin?