Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Soʻnggi  vaqtlarda mamlakatimiz hayotida “Ijtimoiy davlatga” aylanish boʻyicha saʼyi-harakatlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni aniqlash va ularga har tomonlama koʻmak koʻrsatish borasida davomli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bularning mantiqiy davomi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  23.09.2024 yildagi PQ-330-son Qarori qabul qilindi. Ushbu Qaror bilan kambagʻal oilalarni aniqlash va ularni har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibi belgilab berildi.

Jumladan, 2024-yil 1-dekabrdan “mahalla yettiligi” tomonidan kambagʻal oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambagʻallikka tushish sabablarini oʻrganish natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambagʻal oilalar reyestri shakllantiriladi.

2025-yil 1-yanvardan:

  • kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam olayotgan oilalarning rasmiy band boʻlmagan aʼzolari ishga joylashganda, oʻzini oʻzi band qilganda yoki tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyganda ushbu nafaqa va moddiy yordamni ularning muddati tugagunga qadar, biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻlash davom ettiriladi;

  • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlangan holda ishga joylashgan Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oila aʼzosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada toʻlanadi;

  • kambagʻal oilalarga koʻmak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila aʼzolarining bandligini taʼminlash, oʻz tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila aʼzolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻrganishi hamda sogʻligʻini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda koʻrsatiladi.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-yanvardan kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

  • 2025/2026 oʻquv yilidan, kambagʻal oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi;

  • 2025 yildan «El-yurt umidi»jamgʻarmasi tomonidan kambagʻal oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.


Shuningdek, 2025-yil 1-apreldan:

  • Samarqand va Toshkent shaharlarida eksperiment tariqasida autsorsing asosida Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan boquvchisini yoʻqotgan toʻliq boʻlmagan oilalar, mehnatga layoqatli aʼzosi boʻlmagan oilalar, ikki va undan ortiq nogiron aʼzolari mavjud oilalardagi oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati koʻrsatiladi;
  • ijtimoiy yetimlikning oldini olish, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda gʻamxoʻrlik koʻrsatish hamda tarbiyalash xizmatini koʻrsatish maqsadida mahallalarda oila shaklidagi kichik hajmli bolalar uylari tashkil etiladi;
  • YaTT sifatida roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxslarga alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning kunduzgi parvarish xizmatlarini hamda yuridik shaxslarga nogironligi boʻlgan bolalar, shu jumladan, alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida koʻrsatishga ruxsat beriladi.

Pensiyada ham chegirmalar mavjudmi?

Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud

Agar kupelarda kondisioner ishlamasa, chiptalar uchun to‘langan pullar chegirib qolinadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunar o‘rgangan taqdirda ularga stipendiyalar beriladi.

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi