Skip to main content

Mashinaga gaz balon qoʻyganda qayta tex pasport olishim kerakmi?

Avtotransport vositalariga gaz balon qo`yilgandan so`ng uning texnik pasportini almashtirish kerak boʻladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qaroriga ilova qilingan “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 50-bandiga muvofik avtomototransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

1mulkdor — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, shuningdek mulkdor — yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki nomlanishi oʻzgarganda
2avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish joyini oʻzgartirishni talab qilmagan holatda avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda
3yuridik shaxslarga tegishli yuk avtotransport vositalarining, avtobus va mikroavtobuslarining saqlab turiladigan joyi oʻzgarganda
4avtomototransport vositalarining rangi va (yoki) raqam agregati oʻzgarganda
5avtomototransport vositasi qayta jihozlanganda
6avtomototransport vositasini yoki ROʻDRBni roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki yoʻqolganda

E’tibor beradigan bo`lsak, yuqoridagi asoslar tarkibida “qayta jihozlash” ham mavjud. Bunda mazkur qarorning 55-bandiga binoan avtotransport vositasi qayta jihozlaganda uni qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizaga:

 * gaz ballon uskunalarini avtotransport vositasiga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻrnatish dalolatnomasining nusxasi va gaz ballonlarning muvofiqlik sertifikatining nusxasi (gaz ballon uskunasi oʻrnatilgan holda qayta jihozlangan avtotransport vositalari uchun);

 * ushbu avtotransport vositasida qayta jihozlashni amalga oshirish uchun DYHXX tomonidan berilgan ruxsatnomaning nusxasi (tegishli tasdiqnomaga ega boʻlgan avtotransport vositasini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalarda avtotransport vositasi qayta jihozlangan holatlar bundan mustasno) ilova qilinishi kerak.

Categories: Transport