Skip to main content

Davlat ramzlari – qonun himoyasida

Davlat ramzlari – har bir mustaqil davlatning timsoli, gʻururi va huquqiy asosda muqaddas sanaladigan belgilaridir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 5-moddasida Davlat bayrogʻi, gerbi va madhiyasi – mamlakatimizning rasmiy ramzlari sifatida eʼtirof etilgan va ular davlat himoyasida ekanligi belgilab qoʻyilgan.

Shunga qaramay, baʼzida ayrim fuqarolar yoki guruhlar tomonidan davlat ramzlariga nisbatan loqaydlik yoki hurmatsizlik holatlari uchrab turadi. Bunday xatti-harakatlar faqat axloqiy emas, balki huquqiy jihatdan ham javobgarlikka sabab boʻladi.

Jinoyat kodeksining 215-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish

— bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Mazkur modda faqat namoyishkorona, qasddan qilingan, ommaga yoʻnaltirilgan hurmatsizlik harakatlariga nisbatan qoʻllaniladi. Oddiy bexosdan xatti-harakatlar (masalan, bayroqni notoʻgʻri joyda ishlatish) ogohlantirish bilan cheklanib qolishi mumkin, lekin bu holatlar ham eʼtiborsiz qoldirilmaydi.


Har bir fuqarodan Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti va mustaqilligi ramzlariga chuqur hurmat bilan yondashish talab etiladi. Bayroq, gerb va madhiyamiz – milliy gʻururimiz, tariximiz va kelajagimiz ramzidir. Ularga boʻlgan munosabat – Vatanga boʻlgan munosabat belgisi hisoblanadi.

Categories: Huquqbuzarlik