Virtual mulkning huquqiy rejimi: sui generis yondashuv
Bugungi raqamli taraqqiyot sharoitida virtual mulk tushunchasi va uni huquqiy tartibga solish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Raqamlashtirish jarayonida iqtisodiyotda huquqiy tartibga to‘liq tushmaydigan, ammo aniq iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan yangi mulk obyektlari paydo bo‘lmoqda. Metaolam (Metaverse) deb ataluvchi keng qamrovli virtual makon esa ijtimoiy muloqot, biznes, ko‘ngilochar va ta’lim sohalarida yangi imkoniyatlar yaratishi barobarida, u doirasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishga doir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu maqolada virtual mulk tushunchasi va uning iqtisodiy-texnik xususiyatlari, virtual obyektlarning fuqarolik-huquqiy tabiati hamda uni mulk huquqi triadasi doirasida talqin qilishdagi muammolar tahlil qilinadi.