Mazkur munosabat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2011 yil 23 noyabrdagi 174-sonli buyrug‘i bilan tartibga solinadi. Ushbu buyruqqa Ichki ishlar vazirining 2021-yil 5-iyuldagi 144-sonli buyrug‘i bilan kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra texnik ko`rikdan o`tkazish uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov qilinadi.
№ | Yuridik shaxslarga tegishli: | To‘lov bazaviy hisoblash miqdorida (foizi/baravari) | To‘lov miqdori 19.04.2024 holatiga (so‘mda)* |
1 | Yuk va maxsus avtotransport vositalari uchun | 40 foiz | 136 000 |
2 | avtobuslar (mikroavtobuslar) uchun | 20 foiz | 68 000 |
3 | yengil avtotransport vositalari uchun | 10 foiz | 34 000 |
4 | mototransport vositalari va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun | 10 foiz | 34 000 |
№ | Jismoniy shaxslarga tegishli: | ||
1 | Yuk va maxsus avtotransport vositalari uchun | 20 foiz | 68 000 |
2 | avtobuslar (mikroavtobuslar) uchun | 20 foiz | 68 000 |
3 | mototransport vositalari va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun | 5 foiz | 17 000 |
Izoh:
* 2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son Farmoniga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdori 340 000 so‘m etib belgilangan.
Avtomototransport vositalarini va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazishning ilgari o‘rnatilgan muddatlaridan qat’i nazar, ular Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi (birinchi marta ro‘yxatga olinayotgan yangi transport vositalari bundan mustasno) va belgilangan miqdorda to‘lov undiriladi.