Haydovchilik guvohnomasi (Право) olish uchun qancha to‘lov qilinadi?

Mazkur munosabat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2011 yil 23 noyabrdagi 174-sonli buyrug‘i bilan tartibga solinadi. Ushbu buyruqqa Ichki ishlar vazirining 2023-yil 10-avgustdagi 396-sonli buyrug‘i bilan kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra guvohnoma olish uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov qilinadi.

Imtihonlarni olish va haydovchilik guvohnomasini berishTo‘lov bazaviy hisoblash miqdorida (foizi/baravari)To‘lov miqdori 19.04.2024 holatiga  (so‘mda)*  
1Nazariy imtihon topshirish uchun10 foiz34 000
2Har bir qayta nazariy imtihon topshirish uchun15 foiz51000
3Avtomototransport vositalarini, shu jumladan transport vositalari tarkibini amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun10 foiz34 000
4Har bir qayta amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun15 foiz51000
5Haydovchilik guvohnomasini berish uchun70 foiz238000
6Yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasi o‘rniga vaqtinchalik ruxsatnoma berish uchun10 foiz34 000
7Chet davlat fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va diplomatik xizmat xodimlariga haydovchilik guvohnomalarni berish uchun3 baravar1 020 000

Izoh:

* 2023-yil 1-dekabrdan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son  Farmoniga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdori 340 000 so‘m etib belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son “Favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar, noturar-joyning yong‘ini yoki qulashi, transport vositasining yong‘ini) yuz berganligi oqibatida fuqaroning aybisiz yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan haydovchilik guvohnomasining dublikatini berish uchun to‘lov undirilmaydi.

Yengil avtomobildan yuk tashishda foydalansa boʻladimi?

Avtomobilga qanday turdagi chiroqlarni o‘rnatish mumkin emas?

Kimlar transport vositasini boshqara olmaydi?

Reydlarda haydovchining qanday huquqlari bor?

Avtomashina qanday holatlarda jarima maydonchasiga qo‘yiladi?

Endilikda “prava” olish uchun birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasi yuzasidan amaliy imtihondan o‘tishga to‘g‘ri keladi

Endi multiradar orqali kelgan jarimalar bekor qilinmaydi

Alkotesterdan o‘tishdan bosh tortish mumkin

Qaysi kasalliklar uchun xavfsizlik kamarida imtiyoz mavjud?

Sariqda harakatlanganlik uchun javobgarlik bormi ?