Kimlar ishsiz deb topilishi mumkin?

Umuman olganda mehnat shartnomasi asosida biror tashkilotda mehnat faoliyatini olib bormaydigan yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida tashkilotlar bilan fuqarolik huquqiy shartnoma asosida ishlamaydigan shaxslarni ishsiz deb hisoblash mumkin.

Lekin Aholi bandligi to‘g‘risidagi qonundan bu savolga aniq javob olish mumkin.  Ushbu qonunning 44-moddasiga ko‘ra o‘n olti yoshdan to pensiya ta’minoti huquqini olish yoshigacha bo‘lgan:

  • haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan;
  • ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo‘lgan;
  • ishga joylashishda ko‘mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ushbu organlar tomonidan ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno) ishsizlar deb e’tirof etiladi.

Demak, shaxs yuqoridagi toifalardan biriga kirsa, uni ishsiz deb topish mumkin bo‘ladi.

Kuz-qish mavsumida koʻp qavatli uylardagi havo harorati kamida 20 gradus C boʻlishi kerak.

Xotin-qizlar faolining maoshi mahalladagi xonadonlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.

Kambagʻal oilalar uchun imtiyozlar koʻpaymoqda

Kimlar xususiy tibbiyot muassasalarida bepul davolanishlari mumkin?

“Oqila ayollar” moliyaviy rag‘batlantiriladi.

Olimpiada g‘oliblari hamda ularning ustozlari rag‘batlantiriladi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolariga qonunchilikda imtiyozlar mavjud

Agar kupelarda kondisioner ishlamasa, chiptalar uchun to‘langan pullar chegirib qolinadi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar “Ishga marhamat” monomarkazlarida kasb-hunar o‘rgangan taqdirda ularga stipendiyalar beriladi.

Ayrim advokatlar moddiy rag‘batlantiriladi